“O‘zkimyosanoatloyiha” AJ aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar beradi

“O‘zkimyosanoatloyiha” AJ aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar beradi
 
     "O‘zkimyosanoatloyiha" AJ o‘z aksiyadorlarini 2026-yil 5-oktyabr kuni soat 18-00 da Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 38-uyda "O‘zkimyosanoat" AJ majlislar zalida Jamiyat Kuzatuv kengashining 2026-yil 4-sentyabrdagi yig‘ilishining bayonnoma qaroriga muvofiq chaqirilgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida xabardor qiladi.
     Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2026-yil 28-sentyabr holatiga ko‘ra tuziladi.
 
KUN TARTIBI:
 
     1. Sanoq komissiyasining son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
     2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
     3. Taftish komissiyasi a’zosi S.D. Davronovning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi taklifni tasdiqlash.
     4. Taklif etilgan nomzodni "O‘zkimyosanoatloyiha" AJ Taftish komissiyasi tarkibiga saylash.
     5. "O‘zkimyosanoatloyiha" AJ Nizomini yangi tahrirda tasdiqlash.
 
     Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish yig‘ilish kuni soat 17-00 da o‘tkaziladi.
     Yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda aksiyador O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga, aksiyadorning vakili esa, bundan tashqari, tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lishi kerak.
 
"O‘zkimyosanoatloyiha" AJ Kuzatuv kengashi