Malaka oshirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 61-sonli Qaroriga muvofiq, korxona kadrlar tayyorlash bo‘limida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi o‘qituvchilarini "Maksam-Chirchiq" AJ ga jalb qilgan holda lotin yozuvi qonun-qoidalari, ish yuritish va hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
Tashkil etilgan mashg‘ulotlarda jamiyatimizning Halqaro aloqalar bo'limi xodimi Yetakchi muhandisi Siddikov Sanjar ham ishtirok etmoqda. Ushbu darslar orqali xodimimizning o‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, shuningdek, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarini boyitish maqsad qilingan. Bundan tashqari, nutq madaniyati va notiqlik mahorati, yozma va og‘zaki nutq borasidagi savodxonligini oshirish nazarda tutilgan.